DXX Samarqandda 16 kiloga yaqin opiyni sotishga uringan «savdogarlar»ni qo‘lga oldi

1 daqiqa o'qish984
DXX Samarqandda 16 kiloga yaqin opiyni sotishga uringan «savdogarlar»ni qo‘lga oldi
Skrinshot: Telegram
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyatida giyohvand modda savdogarlarini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Daryo.

Ma’lum qilinishicha, 1984 yil Samarqand shahrida tug‘ilgan fuqaro M.B. muqaddam narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlanib, ma’lum bir muddat ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘taganidan keyin, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan vaqtida yana shunday jinoyatga qo‘l urgan.

U 2021 yilning sentabr oyida Tojikistonning So‘g‘d viloyati Panjikent shahrida yashovchi shaxs tomonidan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumani hududiga o‘tkazilib, xufiya joyga yashirib ketilgan 9 kilogramm 751 gramm opiy giyohvandlik vositasini qabul qilib olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlangan.

Aniqlanishicha, tojikistonlik narkosavdogar ushbu ajal og‘usini keyinroq kerakli manzilga yetkazib berishi uchun samarqandlik narkokuryerga 10 ming dollar berishi lozim bo‘lgan.

Sud hukmiga ko‘ra qonunbuzarga nisbatan 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Shuningdek, 2021 yilning sentabr oyida qayd etilgan boshqa holatda esa DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat bojxona boshqarmasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent—Samarqand yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Kia-Bongo rusumli avtomashina Samarqand viloyatining «Yuqori nuqta» YPX maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, unda ketayotgan Samarqand shahrida yashovchi 38 yoshli H.Z. va 31 yoshli M.X.ga tegishli 5 kilogramm 953 gramm opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazilgan ushbu ajal og‘usini «O‘rikzor» bozori yonida noma’lum shaxslardan qabul qilib olib, kelgusida uni sotish orqali mo‘may daromad topishni maqsad qilishgan. Giyohvandlik vositasi uchun ular tojikistonlik narkosavdogarga 36 ming dollar berishgan.

Sud hukmiga ko‘ra qonunbuzarlar Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilib, ularning har biriga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?