Umumiy 1,4 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlar aniqlandi

1 daqiqa o'qish1.3K
Umumiy 1,4 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-toroj qilganlar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «U.T.» MCHJ rahbari N.X. hududdagi tijorat bankidan aholiga transport xizmati ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun imtiyozli shartlar asosida ajratilgan 960 mln so‘m kredit evaziga xarid qilingan 12 dona Damas avtotransport vositalarini sotib yuborib, kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi Parkent tumanidagi «G.P.» oilaviy korxona rahbari I.T. bankning tuman filialidan imtiyozli shartlar asosida ajratilgan 220 mln so‘m kredit mablag‘i hisobiga xarid qilingan 16 bosh yirik shoxli chorva mollarni sotib yuborib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shuningdek, departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan «R.» fermer xo‘jaligining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «Asakabank»ning viloyat filiali sobiq bo‘lim boshlig‘i B.S. va «F.F.» fermer xo‘jaligi rahbari N.T. bilan o‘zaro til biriktirib, «R.» fermer xo‘jaligi rahbarining ishonchiga kirishib, uning nomiga soxta hujjatlar asosida 200 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?