Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘m mablag‘ini o‘zlashtirdi

Chirchiqda bank xodimi 13 fuqaroning 1,3 mlrd so‘m mablag‘ini o‘zlashtirdi

Chirchiq shahrida tijorat banki xodimi 13 nafar fuqaroning omonat mablag‘larini o‘zlashtirgani fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida holat aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, BXM bo‘limi boshlig‘i O. R. omonatchilar tomonidan bank kassasiga topshirilgan mablag‘larni kassa kirimiga rasmiylashtirmagan. Shu bilan birga, u fuqarolarning jamg‘arma hisobvaraqlariga go‘yoki pul mablag‘lari kiritilgani haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar kiritgan.

Tekshiruvda bank xodimi ushbu mablag‘larni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatgani aniqlangan. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingan mablag‘ning umumiy miqdori 1,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi, ya’ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ish doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar