1 206
Kobulda O‘zbekiston tomonidan afg‘on xalqiga yuborilgan insonparvarlik yuklarini topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Kobulda 2022 yil 25 iyun kuni Afg‘oniston xalqiga insonparvarlik yuklarini topshirishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.
Yaqinda Afg‘onistonning Xost va Paktika provinsiyalarida ro‘y bergan vayronkor zilzila oqibatlarini yumshatish maqsadida O‘zbekistondan un, o‘simlik yog‘i, konserva mahsulotlari, oyoq kiyimlar va dori-darmonlar, jami 74 tonnadan iborat insonparvarlik yordami ikkita yuk samolyotida Afg‘onistonga yetkazildi.
Marosimda so‘zga chiqqan Afg‘oniston Muvaqqat hukumati axborot va madaniyat vaziri v.b. Xayrulla Xayrxva Afg‘oniston hukumati nomidan prezident Shavkat Mirziyoyevga, barcha do‘st O‘zbekiston xalqiga ushbu og‘ir va sinovli vaziyatda afg‘on eliga ko‘rsatgan bebaho yordami uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «O‘zbekiston rahbari butun dunyoga Afg‘oniston xalqiga nisbatan beg‘araz jasorat va birodarlik munosabati namunasini yana bir bor namoyon etdi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning samimiy va g‘oyat insonparvar ekanligidan dalolatdir».
Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Alohida qayd etilganidek, Afg‘onistondagi dahshatli fojiadan so‘ng zudlik bilan ko‘rsatilgan yordam minglab oddiy afg‘onlar hayotini saqlab qolishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasidagi chuqur tarixiy-maʼnaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni taʼkidlar ekan, X.Xayrxva mamlakat hukumati ushbu rishtalarni yana-da rivojlantirishga intilayotganini taʼkidladi.
«O‘zbek zamini xazinalari sanalmish qadimiy Samarqand va Buxoro islom madaniyati markazlari bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi, ularni, jumladan, butun afg‘on xalqi eʼzozlaydi.
Ishonchimiz komilki, O‘zbekistonning bunday chinakam samimiy ko‘magi qardoshlik rishtalarimizni yana-da mustahkamlash, xalqlarimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqinlashuvga xizmat qiladi», — dedi Afg‘oniston madaniyat va axborot vaziri.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Afg‘onistonga ko‘rsatilayotgan bu yordamning birodarlik xususiyatiga ega ekanini taʼkidlar ekan, uning insonparvarlik mazmuniga to‘xtaldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»