Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)

1 daqiqa o'qish4.5K
Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)
24 iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning kenja qizi Shahnoza Mirziyoeva A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Bu haqda uning oʻzi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qildi.
Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)
© @Shahnoza Mirziyoeva/Instagram
“Kuni kecha (24 iyun kuni – tahr.) men soʻnggi toʻrt yildan buyon erishishga harakat qilib kelayotgan voqea – fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi. A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetida dissertatsiya himoya qilish men uchun katta sharaf va mas'uliyat boʻldi. Taniqli olimlarning yirik auditoriyasi oldida soʻz bilan chiqqanimda hayajonlandimmi? Ha, albatta, busiz boʻlishi mumkin ham emas edi, lekin natijada hayajonni yengishga muvaffaq boʻldim. Bu uzoq yoʻlimda meni qoʻllab-quvvatlagan barchaga oʻzimning samimiy minnatdorchiligimni bildiraman!”, deya yozib qoldirdi Shahnoza Mirziyoeva.
Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)
© @Shahnoza Mirziyoeva/Instagram
Shahnoza Mirziyoevaning turmush oʻrtogʻi Otabek Umarov ham ijtimoiy tarmoqdagi sagʻifasi orqali ayolining erishgan muvaffaqiyati bilan tabrikladi.
Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)
© @Shahnoza Mirziyoeva/Instagram
“Men hamma narsadan ham eng yaqin insonlarim — turmush oʻrtogʻim va farzandlarimizning yutuqlari bilan faxrlanaman. Kuni kecha Shahnoza Mirziyoeva nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi va bu haqiqatan ham oilamiz hayotida katta voqea. Azizam, senga muvaffaqiyat, yangi marralar va yutuqlar tilayman!”, deya yozib qoldirdi Otabek Umarov.
Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)
© @Shahnoza Mirziyoeva/Instagram
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoevning toʻngʻich qizi, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari Saida Mirziyoeva M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida iqtisodiyot boʻyicha dissertatsiya yoqlagan edi.
Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)
© @Shahnoza Mirziyoeva/Instagram
Shahnoza Mirziyoeva Rossiyada nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (foto)
© Otabek Umarov/Instagram
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?