Bugun Toshkentda o‘tkazilayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Afg‘oniston hukumati oldida turgan muhim vazifalarni sanab o‘tdi. Bu haqda Sputnik nashri xabar berdi.
“Muvaqqat hukumat tomonidan xalqaro hamjamiyatning asosiy talablari, jumladan, keng vakillikka asoslangan inklyuziv hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va milliy ozchiliklar, shuningdek, afg‘onlarning to‘la huquqli maktab ta’limiga qabul qilinishi bo‘yicha zudlik bilan amalga oshirilishini kerak bo‘lgan vazifalarni ta’kidladi. Bu butun afg‘on xalqi uchun tinch kelajak kafolatidir”, - dedi O‘zbekiston TIV rahbari.
Shuningdek, Vladimir Norov O‘zbekiston Afg‘onistonning tinch, mustaqil va farovon davlat sifatida rivojlanishidan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.
“Afg‘oniston zamini endi mintaqa mamlakatlari va butun xalqaro hamjamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi kerak, dedi Vladimir Norov. Biz, shuningdek, Afg‘oniston yaqin kelajakda mintaqaviy xavfsizlikning muhim omili bo‘lishi, mintaqa mamlakatlari, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlarning milliy manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lib qolishi haqidagi aniq pozitsiyaga amal qilamiz”, - dedi u.
Ma’lumot uchun, bugun, 26 iyul kuni Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Afg‘oniston: Xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. U ikki kun davom etadi.
Nufuzli tadbirda 20 dan ortiq davlatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari, o‘nlab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Afg‘oniston muvaqqat hukumati delegatsiyasi ishtirok etmoqda.
Unda Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tiklash, afg‘on xalqining hozirgi va kelgusi avlodlari uchun uzoq kutilgan tinch hayotni ta’minlashga qaratilgan infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish va boshqa bir qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, xalqaro konferensiya doirasida qo‘shni Afg‘onistonda iqtisodiy barqarorlikni tiklashga qaratilgan gumanitar va infratuzilma loyihalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»