Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bu borada tegishli farmoni imzolandi.
Manbalarga ko‘ra, o‘rinbosarlik lavozimi yangi tashkil etildi hamda Allamjonov endi jamoatchilik fikrini o‘rganish va axborot siyosatiga mas’ul bo‘ladi. O‘z navbatida, Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi lavozimi ham saqlab qolinadi.
Komil Allamjonov 2017 yil dekabrida O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati rahbari bo‘lgan, 2018 yil noyabrida O‘zbekiston matbuot va axborot agentligiga rahbar bo‘lgan. 2019 yil fevralidan bu tashkilot Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi sifatida qayta tashkil etilgan.
U 2020 yil yanvar oyidan buyon Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyul oyi boshida Zaynilobiddin Nizomiddinov Prezident administratsiyasi rahbarligidan ketdi - u bu lavozimda administratsiya tashkil etilgan 2018 yil avgustidan buyon ishlayotgandi. Keyinroq uning o‘rniga so‘nggi uch yilda investitsiya va tashqi savdo vaziri bo‘lgan Sardor Umrzoqov tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi