Buxoroda 8 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan erkakka jinoyat ishi ochildi

Buxoroda 8 yoshli qizga uyatsiz harakatlar qilgan erkakka jinoyat ishi ochildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida 8 yoshli qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etilganini aks ettiruvchi video tarqaldi. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23 oktyabr kuni Qorako‘l tumanida sodir bo‘lgan. Fuqaro Sh.R. 2018 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha Qorako‘l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda va jarayon prokuratura nazoratida.

Shuningdek, tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan bolaning holati o‘rganilib, unga zarur ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ushbu holatni nazoratga olganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etishda gumonlanib, davlatlararo qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Astraxan viloyatida qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar