22:58 / 13.10.2022
1 694

O‘zbekistonda Tojikiston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paydi

O‘zbekistonda Tojikiston kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘paydi
So‘nggi ikki yilda O‘zbekistonda Tojikiston kapitali ishtirokida 101 ta korxona tashkil etildi va ularning umumiy soni 2022 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra 279 taga yetdi.

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning shu davrida ularning soni 178 tani tashkil etgan.

Tojikiston O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Rossiya, Turkiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, AQSH va Qirg‘izistondan keyin 8-o‘rinda turadi.

2022 yil oktabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 768 tani tashkil etgan.

O‘zbek-tojik qo‘shma korxonalarini tashkil etish ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning doimiy muhokama qilinadigan masalalaridan biridir.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash miqdori o‘sib bormoqda: 2016 yildagi 69,2 million dollardan 2022 yil avgustida 370 million dollarga yetdi.

Tojikiston O‘zbekistonga birlamchi alyuminiy, elektr energiyasi, paxta tolasi, ruda, sement, teri xomashyosi, pilla, ipak xomashyosi, turli gazlamalar, alkogolli ichimliklar, gilam va boshqalarni yetkazib beradi.

O‘zbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz, to‘qimachilik mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, plastmassa, poyabzal, kulolchilik mahsulotlari, rangli metallar, elektrotexnika va mexanik uskunalar eksport qilinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat