17:41 / 26.10.2022
1 758

DXX raisi Azizov Putin o‘tkazgan onlayn uchrashuvda ishtirok etdi

DXX raisi Azizov Putin o‘tkazgan onlayn uchrashuvda ishtirok etdi
Vladimir Putin MDH davlatlari xavfsizlik xizmatlari rahbarlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi va «bir qator global xatarlar» bo‘yicha muloqot qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov ham qatnashdi.

RF prezidenti uchrashuvda dunyoda va mintaqada muammoli mojarolar ko‘lami yuqoriligicha qolayotganini, dunyo ko‘p qutbli bo‘lib borayotganini, biroq ba’zi ishtirokchilar har qanday yo‘l bilan gegemonlikni saqlab qolishga harakat qilayotganini ta’kidladi.

Putin, shuningdek, Ukraina masalasiga ham to‘xtalib, Kiyevning «iflos bomba» tayyorlayotgani, Qo‘shma Shtatlar esa Ukrainadan «Rossiyaga qarshi qurol» sifatida foydalanayotganini aytib o‘tdi.

«Ukraina AQSH tashqi siyosatining quroliga aylandi, amalda o‘z suverenitetini yo‘qotdi. Mamlakat hududi biologik eksperimentlar uchun sinov maydoniga aylantirildi va endi u qurollar bilan to‘ldirilyapti. U yerda qora qurol bozori shakllanmoqda», – deydi Putin.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat