Nogironlarga jinsiy zo‘ravonlik qilgan rahbar 15 yilga qamaldi

Nogironlarga jinsiy zo‘ravonlik qilgan rahbar 15 yilga qamaldi

Janubiy Koreyada nogironligi bo‘lgan shaxslar parvarishlanadigan muassasaning sobiq rahbari og‘ir jinoyatda aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

BBC xabar berishicha, Inchxon shahridagi Sekdongvon muassasasini boshqargan, familiyasi Kim deb ko‘rsatilgan sobiq rahbar uch nafar tarbiyalanuvchiga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgani uchun sudlangan.

Mazkur ish bo‘yicha tergov o‘tgan yil fevral oyida boshlangan. Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari muassasa rahbariga nisbatan bildirilgan da’volarni o‘rganishga kirishgan.

Hodisa keng ko‘lamli tekshiruvlarga ham sabab bo‘ldi. Janubiy Koreya hukumati mamlakat hududida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 1 507 ta parvarish muassasasini tekshirgan. Natijada ularning 33 tasida ehtimoliy zo‘ravonlik holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari, Gangxva okrugi buyurtmasi asosida o‘tkazilgan maxsus baholashda Sekdongvonning hozirgi va sobiq 20 nafar ayol tarbiyalanuvchisi zo‘ravonlikdan jabrlangan bo‘lishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan.

Janubiy Koreya Bosh vaziri Kim Min Sok bu holatni jiddiy muammo sifatida baholab, bunday voqealar davlat va jamiyat oldidagi muhim vazifalarni yana bir bor kun tartibiga olib chiqishini ta’kidlagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar