19:46 / 05.02.2023
134

O‘zbekistonda sarguzasht turizmiga oid davlat standarti ishlab chiqildi

O‘zbekistonda sarguzasht turizmiga oid davlat standarti ishlab chiqildi
O‘zbekistonda sarguzasht turizmiga oid davlat standarti qabul qilindi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” DUK qoshidagi STQ 4 “Turizm va madaniy meros” standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mita tomonidan “Sarguzasht turizmi. Xavfsizlikni boshqarish tizimlari. Talablar” davlat standarti ishlab chiqildi.

Mazkur davlat standarti O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining 2023 yil 18 yanvardagi buyrug‘i bilan qabul qilindi.

Ushbu standart sarguzasht turizmi faoliyati provayderlari uchun xavfsizlikni boshqarish tizimining talablarini belgilaydi. Provayder ushbu standartdan quyidagilar uchun foydalanishi mumkin:

- xavfsizlik samaradorligini oshirish;
- ishtirokchilar va xodimlar xavfsizligiga nisbatan kutilmalarni oqlash;
- xavfsiz amaliyotni ko‘rsatish;
- amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini qo‘llab-quvvatlash.

Ushbu standart har xil geografik, madaniy va ijtimoiy muhitda ishlaydigan barcha turdagi va o‘lchamdagi provayderlar tomonidan qo‘llanishi mumkin.

Standart 2023 yil 18 apreldan amalga joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda sarguzasht turizmiga oid davlat standarti ishlab chiqildi