Umumta’lim muassasalari o‘qituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qo‘shimcha ustamalar yuzasidan ma’lumot berildi.
Unga ko‘ra, xalqaro olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va direktorlarga bazaviy ta’rif stavkalariga nisbatan:
- oltin medal uchun 200 foiz;
- kumush medal uchun 175 foiz;
- bronza medali uchun 150 foiz.
- o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 150 foiz;
- o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblariga lavozim maoshiga nisbatan – 100 foiz;
- tegishli xalqaro va milliy sertifikatlar uchun xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga ta’rif stavkalariga nisbatan – 50 foiz;
- xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog-kadrlarga tarif stavkalariga ko‘ra – 50 foiz;
- kasbiy mahoratini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test va suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog-kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining – 5.5 barobari;
- fizika-informatika, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlar sinovidan maksimal ball olgan pedagoglarning ish haqi to‘lovlariga – 50 foiz;
- chet tili fanlari bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar ish haqiga – 50 foiz ustamalar beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar