Abituriyentlar o‘qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo‘ladimi?

1 daqiqa o'qish479
Abituriyentlar o‘qishga kirgan yoki kirmaganini hozirdan bilsa bo‘ladimi?

So‘nggi kun — 13 avgust kuni o‘tkazilgan OTMning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev mazkur natija orqali o‘qishga kirgan yoki kirmaganini bilish mumkinligini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 avgustdan 13 avgustga qadar bo‘lib o‘tgan barcha test sinovlarining natijalari ma’lum bo‘ldi. Endi mandat saytidagi ro‘yxat boshqa o‘zgarmaydi. O‘qishga kirgan yoki kira olmaganini ushbu natijalar orqali bilib olish mumkin bo‘ladi.

“Chunki hozir abituriyentlar beshtagacha tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha barcha ro‘yxatda turishibdi (ya’ni 1 kishi 5 ta ro‘yxatda turibdi), mandatda esa faqat 1 ta ro‘yxatda qoladi va to‘rttasidan o‘chiriladi. Bu degani hozirgi ro‘yxatdan kimdir chiqib ketsa ketadiki, lekin boshqa yo‘nalishdan baland ball olgan begonalar ro‘yxatga kelib qo‘shilmaydi”, — deydi huquqshunos.

Bundan tashqari, harbiy tavsiyanoma olganlar, nogironligi borlar, tavsiyanomali xotin-qizlar, harbiylarning farzandlari va boshqa imtiyozga egalar qo‘shimcha kvota bo‘yicha umumiy ro‘yxatdan chiqib ketadi.

“Mandat chiqqanda hozirgi ro‘yxatdagi o‘rningizdan teparoqqa ko‘tarilish ehtimolingiz juda yuqori, lekin pastga tushmasligingiz aniq. Demak, hozir ro‘yxat bo‘yicha ajratilgan kvota ichida turganlar albatta talaba bo‘ladi. Shuningdek, hozir kontraktni boshida turganlar budjetga ko‘tarilishi ham mumkin.

Kira olmaganlarchi? Ular umid qilsa bo‘ladimi?

Ha, bo‘ladi. Lekin ular hozirdan aniq bila olmaydi. Ular, yaxshisi, sabr bilan, duo qilib kutishsin”, — deydi bloger.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?