Qabul-2023: eng yomon natija ko‘rsatgan maktab bitiruvchilari qaysi hududlarda?

1 daqiqa o'qish784
Qabul-2023: eng yomon natija ko‘rsatgan maktab bitiruvchilari qaysi hududlarda?

O‘zbekistonda 2023 yilda maktabni bitirgan abituriyentlarning test sinovida ko‘rsatgan natijalari jadvali e’lon qilindi. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev mazkur jadvalga tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilgi maktab bitiruvchilarining 36 foizi 56,7 balldan kam to‘plagan. Maktab ta’limi eng yaxshi hududlar: Buxoro, Navoiy hamda Toshkent shahri bo‘lsa, maktab ta’limi eng yomon hududlar: Andijon, Toshkent viloyati hamda Surxondaryo.

Mandat saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4 foiz) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagani aytilgandi. Ma’lum bo‘ldiki, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.

Joriy yilda maktablarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plagan. 2023 yilda eng yomon ko‘rsatkich, Andijon viloyatida (41,9 foiz), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1 foiz) qayd etilgan.

Ya’ni Buxoroda joriy yili maktabni tugatgan o‘quvchilarning 72,9 foizi 56,7 balldan ko‘proq natija ko‘rsatgan. Maktab bitiruvchilarining o‘rtacha bali 76,1 balni tashkil qilmoqda. Ushbu natijalar hududlar kesimida ta’lim sifati qayerda yaxshiligini ham ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?