Magnit bo‘roni organizmga qanchalik ta’sir qiladi?

1 daqiqa o'qish358
Magnit bo‘roni organizmga qanchalik ta’sir qiladi?

Ibrohimjon Asqarov
Foto: “Daryo”

Ko‘p hollarda ijtimoiy tarmoqlarda magnit bo‘roni va undan ehtiyot bo‘lish haqida xabarlar tarqalib turadi. Unda magnit bo‘roni indeksi 6 ballga chiqishi kutilayotgani, bu sharoitda sport bilan shug‘ullanish, og‘ir mehnat qilish, spirtli ichimliklar, qahva ichish hamda sho‘r mahsulotlar iste’mol qilish mumkin emas, degan tavsiyalar aytiladi.

O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar tabobat akademiyasi raisi, professor Ibrohimjon Asqarov magnit bo‘roni va uning inson organizmiga qay darajada ta’siri haqida mulohazalarini bildirib o‘tdi.

“Magnit bo‘roni bor narsa, organizmga ta’sir qiladi. Lekin vahima qilmaslik kerak. Magnit bo‘roni haqidagi xabarlarni o‘qigandan keyin odam kasal bo‘lib qoladi. Magnit bo‘roni bo‘lyapti, yuragim o‘ynayapti, deb borib yotib oladi. O‘z vaqtida ovqatlanib, ishda davom etish mumkin.

Shaxsiy fikrim, bu narsa bor, lekin organizmni ozgina ehtiyot qilib turilsa, kifoya. Ortiqcha vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi Ibrohimjon Asqarov.

Oliy toifali shifokor Ra’no Nosirovaga ko‘ra, Yerning magnit maydoni ta’siri odatda insonlarga sezilmaydi. Biroq ba’zan ushbu maydonda ayrim odamlar his etishi mumkin bo‘lgan tebranishlar kuzatiladi. Buning asosiy sababchisi Quyoshdir.

Ya’ni odatda uning faolligi kuzatilganda sayyorani magnit bo‘ronlari qoplaydi. Bu esa surunkali xastaliklarga chalingan insonlar salomatligiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ayniqsa, yurak-qon tomir, asab tizimi kasalliklari, qandli diabet va bronxial astma bilan og‘riyotgan bemorlar bu o‘zgarishlarni ko‘proq his etadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?