Og‘rigan quloqni davolash emas, kesishni xohlayotganlar haqida

1 daqiqa o'qish481
Og‘rigan quloqni davolash emas, kesishni xohlayotganlar haqida
Ichki ishlar xodimlari ishtirokida ro‘y bergan va videosi tarqalgan ayrim shov-shuvli holatlar

Bugun deputatlar ko‘p qonunlar qatorida yana bitta antiqa qonunni ham tasdiqlabdi.

Ya’ni ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirish maqsadida fuqarolar tomonidan foto yoki videotasvirga olib internet orqali tarqatilishi ma’muriy, hatto 15 sutkagacha qamoq bilan jazolanishga sabab bo‘lishi haqidagi qonun uch o‘qishda tasdiqlanib ketibdi.

Bu nima degani?

Bu shu deganiki, ertaga birorta nopok, o‘z ishiga noloyiq va qonunbuzar ichki ishlar xodimining videosi yoki suratini internetga joylasangiz, sizga jamoatchilik nazoratidagi faolligingiz, tizimni tozalashdagi yordamingiz uchun rahmat aytishmaydi, balki aksincha 15 sutkagacha tiqib qo‘yishadi.

Aslida bunaqa alohida moddaga ehtiyoj bormi?

Yo‘q! Ushbu qonun normasiga hech qanday ehtiyoj yo‘q va bu ertaga faqat zarar keltiradi.

Hozirgi qonunlarimizda ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan qarshilik qilganlarga jazo bormi? Bor!

Ichki ishlar xodimini haqorat qilgani uchun (xoh hayotda, xoh internetda) jazo bormi? Bor!

Ichki ishlar xodimiga tuhmat qilib, uni obro‘sizlantirgani uchun jazo bormi? Bor!

Bo‘ldi-da, unda yana nima kerak sizlarga?

O‘zi amaliyotda eng ko‘p soxta ayblov qo‘yiladigan moddalardan biri – ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik qilish, degan modda edi, kimnidir 15 sutkaga qamash kerak bo‘lsa, odatda mana shu “dejurniy” ayblovdan foydalanishardi. Endi yana bitta “dejurniy” modda qo‘shilyapti, ichki ishlar xodimini obro‘sizlantirmoqchi bo‘ldi, deb qamashlar ko‘payadi. Chunki nima obro‘sizlantirish-u, nima obro‘sizlantirish emasligi haqida aniq chegara yo‘q.

Juda yomon ish bo‘libdi lekin...

Xushnudbek Xudoyberdiyev,
huquqshunos, bloger

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?