Turk aktyori Emre Kiviljim Yulduz Rajabova bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

1 daqiqa o'qish24K
Turk aktyori Emre Kiviljim Yulduz Rajabova bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

“Mendirman Jaloliddin” serialida bosh qahramonni gavdalantirgan turkiyalik aktyor Emre Kiviljim jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi.

— O‘zbekistonga oxirgi paytda tez-tez kelasiz, buning sababi nima?
— O‘zbekiston men uchun o‘zgacha ahamiyatga ega mamlakat. Men o‘zbeklarning qahramonini ijro etish asnosida mamlakatingizning tarixini o‘rgandim. Bu yerda ko‘plab do‘stlar orttirdim. Tarixiy shaharlarga sayohat qildim.

— Sizni O‘zbekistonda Jaloliddin sifatida tanishmoqdami?
— Albatta, o‘zbek tomoshabini meni Jaloliddin sifatida taniydi. Ammo ular “Vido maktubi” serialidagi obrazimni ham yaxshi bilishadi. Shu ikki serialdagi rollarim orqali tanishmoqda.

Turk aktyori Emre Kiviljim Yulduz Rajabova bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

 Foto: Instagram
 — “Mendirman Jaloliddin”ga katta pul sarflandi. Lekin mablag‘ o‘zini oqlamadi. Buning sababi nima deb o‘ylaysiz?
— Bilasizmi, bu yerda television seriallar sistemasi bir oz boshqacharoq ekan. Turkiyada seriallarning yangi qismi haftada bir marta namoyish etiladi. Tomoshabin o‘sha qism chiqadigan kunni sabrsizlik bilan kutadi. Jaloliddin ham xuddi shunday — bir haftada bir marta namoyish etildi. Lekin o‘zbek tomoshabini serialni har kuni ketma-ket tomosha qilishga odatlangan ekan. Ushbu serial Turkiyadagi eng katta loyihalardan biri sifatida e’tirof etiladi. “ATV” telekanalida namoyish etilganida yuqori reytinglarni ko‘rsatdi. Ikkinchi fasli esa undan ham muvaffaqiyatliroq chiqdi. Serial bir necha xorijiy mamlakatlarga ham sotildi.

— Turkiyada sizni qanchalik tanishadi? Reytingingiz qanaqa?
— Bu savolingizga mening javob berishim xato bo‘ladi. O‘z reytingim haqida o‘zim gapira olmayman. Ayni paytda “Vido maktubi”ni tugatdik va yangi loyiha ustida ishlamoqdamiz.

Turk aktyori Emre Kiviljim Yulduz Rajabova bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

Foto: Instagram
 — Sizni o‘zbek aktrisasi Yulduz Rajabova bilan birga ko‘rishga odatlanganmiz. Ayni paytdagi munosabatlaringiz qanday?
— Yulduz bilan hali ham gaplashamiz, ko‘rishib turamiz. Munosabatlarimiz hammasi yaxshi. Sevgimiz bitmas, u mozorga qadar. Yulduzni haliyam yuragimdan sevaman.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?