Qatar kompaniyasi Toshkentda ko‘p tarmoqli shifoxona qurish ishlarini boshlamoqda

1 daqiqa o'qish237
Qatar kompaniyasi Toshkentda ko‘p tarmoqli shifoxona qurish ishlarini boshlamoqda

© Sputnik / Aktan Temirkanov

Qatar kompaniyasi Toshkentda ko‘p tarmoqli shifoxona qurish ishlarini boshlamoqda, deb yozadi "Dunyo" AA.
O‘zbekistonning Doxadagi elchixonasi xodimlari Qatarning "Elegancia Healthcare" kompaniyasi tijorat ishlari bo‘yicha bosh direktori Desmond Donelli bilan muzokara o‘tkazishdi. Muloqot chog‘ida Qatarning mazkur kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

“Qatar tomoni Toshkent shahrida 300 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli shifoxonani davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida barpo etish bo‘yicha birlamchi hujjatlarni joriy yanvar oyi oxiriga qadar yakunlanishini, loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari esa mart oyida ishlab chiqilishi boshlanishini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, mazkur loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida "Elegancia Healthcare" kompaniyasiga to‘rt nafar o‘zbek mutaxassislari ishga qabul qilinishi ta’kidlandi.

Shuningdek, "Elegancia Healthcare" kompaniyasining "The View Hospital", " Military Medical City" va "Hopital Algero Qatari Alleman" klinikalarida o‘zbekistonlik ingliz tilida erkin so‘zlasha oladigan shifokor va hamshiralarni ishga qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?