Foto: Prezident matbuot xizmati
Andijon viloyatida o‘tayotgan yig‘ilishda prezident Shavkat Mirziyoyev pora bilan qo‘lga tushgan Kogon tumani prokurori haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Men nima uchun buni elga aytyapman? Buyam bosh prokuror harakati bilan amalga oshyapti. Bu o‘zi kurashchi bo‘lib, xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik?
3 kun oldin menga aytdi, men aytdim, «indamanglar, ertaga suddan qaytmasligi kerak bu narsa», dedim. Sekin-sekin 200 ming dollarni gaplashgan. 91 mingni olib kelyapti, «yo‘q, narigisini ham olib kelasan», deyapti. «Uni ham indamanglar», dedim.
Uchinchi kuni 91 mingni olib keldi-da, 101 mingni olib kelinglar, deyapti. Endi yana mayda-chuyda bo‘lmasin-ku, 10 mingni o‘rtadagi vositachilar olib qo‘yyapti. «Yo‘q, 10 mingni ham menga olib kel», dedi noinsof prokuror.
Bosh prokurorimiz shu yerda o‘tiribdilar, Buxoroga borib ishdan oladi», dedi davlat rahbari.
Bundan oldinroq Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori Bahodir G‘ulomov 90 ming AQSH dollari olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingani xabar qilingandi. 2022 yil aprelda ushbu lavozimga tayinlangan prokuror qidiruvdagi shaxsga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilib berish evaziga shuncha pul olgani aytilgan.
Bahodir G‘ulomov “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fargʻonalik 2 yoshli qizaloqning qornidan 135 ta magnit sharcha chiqarib olindi
Chust tumanidagi korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Oʻzingizga tegishli boʻlmagan er uchastkalarini egallab olmang...
Viloyatlararo 10 ta yangi yoʻnalishda avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Toshkentda prokuratura tergovchisi pora bilan ushlandi (video)
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi