Ro‘za tutuvchilar saharlikda qanday mahsulotlar bilan og‘izni yopib, iftorlikni qanday boshlashlari haqida nutritsiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Guli Shayxova tavsiyalarini berdi. Nutritsiolog ro‘za to‘g‘ri tutilsa, immunitetni yaxshilashi, tanani ortiqcha zaharlardan va hatto ortiqcha vazndan xalos qilishga yordam berishini aytadi.
Mutaxassis biror kasallik uchun dori ichadigan kishilar avvalo dorilarini ichib olib, 10-15 daqiqadan keyin saharlikni boshlashlarini tavsiya qildi.
“Ovqatlanishda sutli mahsulotlar: tvorogga smetana, asal yoki shakar qo‘shib iste’mol qilish kerak. Bunda tvorog kamida 50 gramm atrofida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, sutli bo‘tqalar, guruch, grechka kabi don mahsulotlari ham muhim. Chunki don mahsulotlari uzoq vaqtda hazm bo‘ladi, ya’ni tez hazm bo‘lib tanadan chiqib ketmaydi va natijada qorin to‘q turadi. Saharlikka issiq ovqat bo‘lsa, yana ham yaxshi. Grechka bilan kotletlar pishirish mumkin, suvda yoki pechda tovuq, baliq mahsulotlarini ham pishirib iste’mol qilsa bo‘ladi”, – deydi u.
Nutritsiolog ratsiondagi ovqatlarni almashtirib turish kerakligini, bir kun go‘sht yeyilsa, keyin tovuq yoki baliq mahsulotlarini yeyish tana uchun yaxshiligini aytadi. “Nonga surib yeyish uchun yong‘oq, mayiz va asalni aralashtirib bankaga solib qo‘yib, sariyog‘ bilan nonga surib yeyilsa, kuchli taom bo‘ladi bu ham. Agar bu bo‘lmasa, non bilan sariyog‘, pishloq yoki suvda pishirilgan go‘sht yeyish mumkin, bularning bari oqsilli mahsulotlar, qorinni to‘q tutadi”, – deydi Shayxova.
Mutaxassis, shuningdek, suv va meva sharbatlarini ichish tartibi haqida ham ma’lumot berdi. “Ertalab turganda bir piyola to‘ldirib filtrlangan yoki qaynagan, 30-40 gradusdagi suv ichish lozim. Kuniga 1,5-2 litr suv ichish tavsiya qilinadi, shuning 1 litrini ertalab saharlikda, qolganini esa iftorlikda ichish kerak. Bundan tashqari, meva sharbatlari ichish mumkin. Bir-bir yarim piyoladan ko‘p choy ichmagan ma’qul, chunki choy bilan peshob orqali zararli moddalar bilan birga ozuqaviy kerakli moddalar ham chiqib ketadi”, – deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.
Iftorlikda oddiy suv yoki oshqozonida kasali bo‘lmaganlarga limon qo‘shilgan suv ichish ham tavsiya etiladi. Shundan keyin 2ta xurmo yoki bir qoshiq nisholda bo‘lishi lozim.
“Chunki bu mahsulotlar och qorinni biroz bo‘lsa-da to‘ydiradi, charchoq va boshdagi og‘riq kamayadi, chunki ular uglevodga boy mahsulotlar”, – deydi Shayxova.
Og‘izni ochgandan keyin donli mahsulotlar, kartoshka, sabzi, maydaroq to‘g‘ralgan go‘sht solingan suyuq ovqat (ko‘katlar qo‘shilgan holatda) iste’mol qilish tavsiya etiladi. Keyin sabzavotli, ko‘katli salatlarga o‘tiladi, chunki bu qabziyatning oldini oladi, organizm ulardan kerakli moddalarni oladi. Bunda karamli, lavlagili salatlarga yaxshi hazm bo‘lishi uchun ozgina zaytun yog‘i qo‘shilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Ovqatlar bilan taxminan 100 gr non ham iste’mol qilish kerak, albatta. Agar ikkinchi ovqatga o‘tilsa, kamroq bo‘lishi kerak. Somsa bo‘lsa, bitta somsa, manti bo‘lsa, bitta manti yetarli bo‘ladi. Bu ovqatlar, albatta, ko‘kat, sabzavotlar bilan birga iste’mol qilinishi lozim — shunga ahamiyat berish kerak. Ovqatlanib bo‘lib biroz vaqt o‘tgach, olma, banan, nok, mandarin kabi mevalar iste’mol qilish kerak. Umuman, uyda nima bor bo‘lsa, shunga qarab bo‘ladi. Sog‘lom insonlar yotish oldidan bir piyola qatiq ichib yotishsa, ovqat hazm bo‘lishiga yordam beradi, oshqozon mikroflorasini yaxshilaydi va inson yaxshi uxlaydi”, – deb o‘z tavsiyalarini yakunladi nutritsiolog. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»