Taqiqlangan moddalar aralashgan mahsulotlar olib kirilishi fosh etildi

1 daqiqa o'qish69
Taqiqlangan moddalar aralashgan mahsulotlar olib kirilishi fosh etildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Toshkentda psixoaktiv hamda kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud mahsulotlarni mamlakatga olib kirishga urinish bilan bog'liq ikki holat aniqlandi.
  • Toshkent xalqaro aeroportida 2002 yilda tug'ilgan, muqaddam sudlangan fuqaroning yukidan 978 gramm kannabis moyi va 500 grammga yaqin psixoaktiv modda mavjud qo'ziqorinlar topildi.
  • Toshkent tumanida esa 1987 va 1989 yillarda tug'ilgan ikki shaxs yukidan «Sibutramin» moddasi mavjud 12 992 dona qahva mahsuloti aniqlandi.

Toshkentda bojxona va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari psixoaktiv hamda kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni mamlakatga olib kirishga urinish bilan bog‘liq ikki holatni aniqladi.

Hodisalarning biri xalqaro aeroportda, ikkinchisi esa Toshkent tumanida aniqlangan.

1. Aeroportda shubhali mahsulotlar aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida «Bangkok — Toshkent» reysi bilan kelgan yo‘lovchining yuki tekshirilgan.

Rentgen apparati orqali shubhali oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanib, ular qo‘shimcha ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada 2002 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi fuqaroning yukidan:

  • 978 gramm kannabis moyi;

  • 500 grammga yaqin psixoaktiv modda mavjud qo‘ziqorinlar

aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, mahsulotlar keyinchalik sotish maqsadida olib kirilgan.

2. «Damas»da qariyb 13 ming dona mahsulot topildi

Ikkinchi holat Toshkent tumanida aniqlangan. «Damas» rusumli avtomobil tekshirilganda Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Uchko‘prik tumanlarida yashovchi, 1987 va 1989 yillarda tug‘ilgan ikki shaxsning yukidan shubhali mahsulotlar topilgan.

Tekshiruvda ular tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi «Sibutramin» moddasi mavjud bo‘lgan 12 992 dona qahva mahsuloti ekani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mahsulotlar qo‘shni respublikadan olib kelingan va ularni Farg‘ona viloyatida sotish rejalashtirilgan.

Har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Taqiqlangan mahsulotlar savdosiga qarshi choralar kuchaytirilmoqda

Mazkur holatlar DXX va bojxona organlari tomonidan mamlakat hududiga taqiqlangan va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni olib kirish hamda ularni tarqatishga qaratilgan urinishlarni aniqlash bo‘yicha nazorat davom etayotganini ko‘rsatadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?