Ko‘kdala tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi

2 daqiqa o'qish253
Ko‘kdala tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Foto: Videodan kadr
Turli hududlarda hokim o‘rinbosari, Transport boshqarmasi boshlig‘i, MIB xodimi va boshqalarning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokimining o‘rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xususiy korxonani «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi ta’minotchi korxona sifatida tayinlash evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

U so‘ralgan pul hisobidan 15 mln so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida hokim o‘rinbosari o‘zining qo‘shtirnoq ichidagi xolis yordami evaziga avval 10 mln so‘m olgani ham ma’lum bo‘ldi.

U muqaddam JK 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan sudlangan bo‘lsa-da, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Andijon shahrida kuzatilgan holatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari mahalliy fuqaro ishonchiga kirib, o‘z mansabdor tanishlari orqali uning nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, «Eski shahar – Oltinko‘l» yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bo‘yicha aholiga pullik xizmat ko‘rsatish uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritib berish evaziga 7500 AQSH dollari talab qiladi.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Ko‘kdala tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Tergovga qadar tekshiruv davomida Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi mansabdor shaxsning ushbu noqonuniy ishga aloqadorligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda ushlandi. Mazkur shaxs ham muqaddam sudlangani ma’lum bo‘lgan.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 AQSH dollari va 265 ming 187 yevro miqdoridagi qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishi yuzasidan, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatib, bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan o‘zining ulushi sifatida 2500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ushlandi.
Ko‘kdala tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi «Xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash» bo‘limi boshlig‘i o‘z vakolatli tanishlari orqali mahalliy fuqaroning yashash xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 AQSH dollari olgan vaqtida DXX hamda IJQKD xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?