176
Energetika vazirligi: “Yozda anomal issiq vaqtida yoki qishda anomal sovuq bo‘lsa 1 oy energo iste’mol ko‘tarilishi mumkin”
Energetika vazirligi bo‘lim boshlig‘i Orzugul Ravshanova “Yangi O‘zbekiston” nashriga bergan intervyusida energiya iste’moli bo‘yicha joriy etilgan 200 kilovattlik limit bo‘yicha izoh berdi.
Orzugul Ravshanovaning aytishicha, yozda anomal issiq vaqtida yoki qishda anomal sovuq bo‘lsa 1 oy energo iste’mol ko‘tarilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, 200 kilovattlik limit ishlatuvchilar aholining 60 foiziga to‘g‘ri kelgani sababli ekspertlar bilan maslahatlashilib ushbu me’yor o‘rnatilgan.
“200 kilovattlik hajm imtiyozli, subsidiyalanadigan hajm hisoblanadi. Bu barcha uchun. Agar 200 kilovattgacha iste’mol qiladigan bo‘lsa, 450 so‘mdan (QQS bilan) to‘lov qilish mumkin. Agar xonadonida ikkita konditsioner ishlatmoqchi bo‘lsa, fontan va basseynlardan foydalanmoqchi bo‘lishsa, marhamat, komfort uchun to‘lovni amalga oshirishsin. Faqat subsidiya evaziga bo‘lishi kerak emas”, deydi Energetika vazirligi bo‘lim boshlig‘i.
Energetika vazirligi O‘zbekistonda yaqin istiqbolda iste’molchilarga qo‘llanilayotgan oylik 200 kVt/soatgacha bo‘lgan bazaviy me’yor miqdori oshirilishiga asos mavjud emasligi haqida xabar bergan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi