Foto: Toshkent viloyati YHXB
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Gentra'ga urilgan Damas ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 13 iyul kuni soat taxminan 14:30 larda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatdagi M-34 avtomobil yo‘lining 23-kilometrida sodir bo‘lgan.
Yangiyo‘l—Toshkent yo‘nalishida haydovchi 1989 yilda tug‘ilgan X.Sh. Damas’ni boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan, 1990 yilda tug‘ilgan M.I. boshqaruvidagi Gentra'ning orqa qismiga borib urilishi natijasida ag‘darilib ketgan.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida Damas'ning bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani Ichki ishlar boshqarmasi YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”