Toshkentda Gentra velosipedchini urib, yengil jarohat yetkazdi

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida Gentra avtomobili va velosiped ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida velosipedchi yengil tan jarohati olgan.
Toshkent shahar YHXB ma’lumotiga ko‘ra, voqea 25 sentyabr kuni soat 17:05 da Gulsanam ko‘chasida qayd etilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lda harakatlanayotgan velosipedchi 1966 yilda tug‘ilgan A.M. boshqaruvidagi Gentra avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Hodisa natijasida velosipedchi yengil tan jarohati olgan. Unga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda mazkur yo‘l-transport hodisasining barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






























Izohlar 0
…