O‘zbekiston OTMlariga 2024 yilgi kirish imtihonlarida abituriyentlarning 46,9 foizi o‘tish ballini to‘plolmadi. Bu haqda huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ma’lum qildi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 151 mingga kam.
Testga kirgan abituriyentlarning 345 ming 869 nafari (46,9 foizi) 56,7 balni ham to‘play olmagan. 56,7 dan ko‘proq ball to‘plagan abituriyentlar soni 391 ming 482 nafarni (53,1 foiz) tashkil qiladi.
“O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz nisbatan yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor. O‘tgan yili 49,4 foiz, aniqrog‘i 439 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 2.5 foizga yaxshilandi”, — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
2024 yilda eng yomon ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida (51,8 foiz), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Toshkent shahrida (35,9 foiz) qayd etilgan.
Foto: Telegram / Xushnudbek.uz
O‘tgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgandi. Joriy yilda bunday hududlar soni 4 taga tushdi. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati o‘z natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa o‘ta olgan.
O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud:
- Toshkent shahri — 4,9 foiz;
- Toshkent viloyati — 4,9 foiz;
- Jizzax — 3.7 foiz;
- Buxoro — 3,5 foiz;
- Sirdaryo — 3,1 foiz.
O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor.
“56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30 foiz bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30 foiz bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki”, — deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 8 may kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida OTMlarga kirishdagi 56,7 minimal o‘tish balli 2025 yildan boshlab bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.
“Amalda o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali barcha yo‘nalishlar uchun 56,7 ball edi. Kelasi yildan bu ball ikki bosqichda oshiriladi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun o‘qishga kirish 94,5 balldan, boshqa yo‘nalishlar uchun 75,6 balldan boshlanadi”, — degan edi u. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi