117
Fuqaroni 55 ming dollar evaziga mansabdor qilishni va’da qilgan direktor 6 yilu 2 oyga qamaldi
Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabi direktori vazifasida ishlab kelgan ayol Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi hukmiga ko‘ra, 6 yilu 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqdagi sud hukmi 2024 yilning 6 avgust kuni e’lon qilingan.
Sudlanuvchi I.X. 2022 yil 2 iyundan boshlab Ko‘kdala tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabi direktori lavozimida ishlab kelgan bo‘lib, Qarshi tumanidagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari ishonchiga kirib, ta’lim sohasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishi orqali uni Yakkabog‘ tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirligiga o‘tkazishni va’da qilgan. Evaziga 55 ming dollar berishi kerakligini aytib, oldindan 30 ming dollarni olgan paytda qo‘lga olingan.
U shuningdek, direktor o‘rinbosariga 300 dollar evaziga Best Publication ilmiy tadqiqotlar hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazining “Eng yaxshi xizmatlari uchun” esdalik nishonini ham olib bergan.
2024 yil 11 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Sayyor” kafesida qo‘lga olingan direktorga 2024 yilning 6 avgust kuni hukm o‘qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi