O‘zbekistonning elchixonasi rahbariyati Dubay rekruting biznes guruhi bosh kotibi, DULSCO Group rekruting kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Mahdi Muhammad bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi korxonalarni tashkil qilish orqali qo‘shimcha ishchi o‘rinlarini yaratish, mamlakat fuqarolarini uyushgan holda va qonuniy tarzda xorijiy davlatlarga ishga yuborish, migratsiya bo‘yicha me’yoriy-huquqiy asoslar va boshqalar to‘g‘risida so‘zlab berildi. O‘zbekiston bozorlarida faol ishlaydigan rekruting kompaniyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham BAA tomoni e’tiboriga taqdim etildi.
Dubay rekruting biznes guruhi bosh kotibi O‘zbekiston bozoriga qiziqish mavjudligini va mamlakat fuqarolarini BAAda ish bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Mahdi Muhammad O‘zbekiston va BAA o‘rtasida haydovchilik guvohnomalari o‘zaro tan olinishi to‘g‘risidagi bitim 2023 yilda imzolanganiga e’tibor qaratib, tajribali haydovchilarni ish bilan ta’minlash imkoniyati borligini ma’lum qildi.
Muzokaralar yakunida mamlakatdan BAAga malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish maqsadida O‘zbekistonning tegishli tashkiloti va Dubay rekruting biznes guruhi o‘rtasida hamkorlik bitimi loyihasini ishlab chiqish va imzolash bo‘yicha kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi