
Joriy yilning 5 yanvar kuni Shahrixon tumani Amir Temur koʻchasida joylashgan maishiy savdo doʻkonida yongʻin sodir boʻldi.
Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgach, soat 23:00 da aytilgan manzilga oʻt oʻchirish mashinalari etib borgan va soat 23:45 da sodir boʻlgan yongʻin batamom oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida savdo doʻkonining 300 m.kv maydonida shift, tom qismi va maishiy jihozlar yonib zararlangan.
Ushbu yongʻin natijasida fuqarolar tan jarohati olmagan. Hozirda mazkur yongʻinning sodir boʻlish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar