28
Pop tumani hokimining oʻgʻirlik qilgan oʻgʻlini qamoqdan ozod qilgan sudya “Ibratli sudya” deb topildi
Foto: Namangan viloyati sudi
Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 18 nafar sudya “Ibratli sudya” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda kengash axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda keltirilishicha, mukofotlangan sudyalar 2024 yil yakunlari boʻyicha faoliyatida alohida oʻrnak va namuna koʻrsatgan hamda yuqori reyting koʻrsatgichlariga ega boʻlgan. Mukofotlanganlar orasida Namangan viloyati sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi Avazbek Inomov ham bor.
Avazbek Inomov avvalroq katta miqdordagi elektr energiyasini oʻgʻirlagani uchun 2,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan Gʻulom Sultonovni apellyatsiya instantsiyasida sud zalidan ozod qilib “tilga tushgandi”.
Holat qanday boʻlgandi?
Namangan viloyat sudi apellyatsiya instantsiyasining 2024 yil 7 avgustdagi ajrimi bilan juda koʻp miqdorda oʻgʻirlik qilgan Sultonov Gʻulom A'zamovichga nisbatan chiqarilgan sud hukmi oʻzgartirilib, u sud zalidan ozodlikka chiqarilgan. Apellyatsiya instantsiyasi sudiga Avazbek Inomov raislik qilgan.
Sud ajrimiga koʻra, sudlanuvchi Gʻulom Sultonov oʻzi rahbar boʻlgan Uychi tumanidagi “Jiydakapa baraka chorva” fermer xoʻjaligiga qarashli chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash tsexini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasini yashirin ravishda talon-toroj qilganlikda ayblangan. Zarar miqdori 200 mln 326 500 soʻmni tashkil qilgan.
Sudlanuvchi JIB Uychi tuman sudi hukmiga koʻra, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandida (juda koʻp miqdorda oʻgʻirlik qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Namangan viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasida hukm oʻzgartirilishi natijasida sudlanuvchiga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi 3 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosiga oʻzgartirilgan. Mahkum sud zalidan darhol ozod etilgan. Hukmda etkazilgan zarar qoplangani keltirilgan.
Gʻulom Sultonov Pop tumani hokimi A'zamjon Sultonovning oʻgʻli hisoblanadi
Deyarli bir xil holatdagi ikki ishda hokimning oʻgʻli qamoqdan ozod etilib, oddiy fuqaro qamoqqa tiqilgani OAV va ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab muhokamalarni keltirib chiqardi. Shundan soʻng Gʻulom Sultonov ishi Namangan viloyat sudida taftish instantsiyasida koʻrib chiqildi. Chiqarilgan ajrimga asosan, apellyatsiya instantsiyasi sudi ajrimi bekor qilinib, Sultonovga nisbatan birinchi instantsiya sudi chiqargan hukm oʻz kuchida qoldirilgan. Ya'ni u 2,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bolalar raqamli “qafas”da: ota-onalar nazorati nimga xizmat qiladi?
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAAga joʻnab ketdi
Oʻzbekistonda bulutlardan sun'iy yogʻin yogʻdirish usullari oʻrganiladi
Meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatish yoʻlga qoʻyiladi
“Humo” toʻlov tizimini kim sotib oldi?
Yangi quriladigan uy-joylarga tutash hududda yomgʻir suvini yigʻish tizimi oʻrnatiladi
Rishton tumani hokimligi fuqaroga 439 million soʻm kompensatsiya toʻladi
Komil Allamjonovga suiqasd ishiga aloqador yana bir sud tafsiloti (video)