Namanganda suvda oqib ketgan 23 yoshli yigit qidirilmoqda

Namangan viloyati Pop tumanida 23 yoshli yigit suvda oqib ketgani xabar qilindi. Hodisa 2026-yil 28-may kuni dam olish maskani hududidan oqib o‘tuvchi "Chodaksoy" soyida sodir bo‘lgan.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit qarindoshlari bilan birga dam olish maskaniga borgan va cho‘milish maqsadida soyga tushgan. Ehtiyotsizlik oqibatida u suvga cho‘kib, qayta chiqmagan.
Hozirda uni qidirish ishlari davom etmoqda. Qidiruvga tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari jalb qilingan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing