Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanida ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta berish boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy karta bir vaqtning oʻzida ham toʻlov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdigʻi hisoblanadi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordam va 200 ga yaqin imtiyoz yagona elektron tizimga umumlashtiriladi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda Yangiyoʻl tumanida fuqarolar ijtimoiy kartadan foydalanmoqda. Respublikaning qolgan barcha hududlarida ham shu yilning 1 iyulidan boshlab mazkur loyiha tatbiq qilinadi.
Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, «Ijtimoiy karta» mobil ilovasi, «Inson» ijtimoiy xizmat markazlari orqali topshirishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, prezident qaroriga muvofiq Toshkent shahri va Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida tajriba tariqasida 2024 yil 1 dekabrdan ijtimoiy yordam oluvchi fuqarolar uchun ijtimoiy karta joriy etish belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar