Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yangiyoʻl tumanidagi zapravkada avtobusning gazballoni portlagani yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 1 fevral kuni soat 08:40 da Yangiyoʻl tumani «Registon» MFY Navbahor koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalarning birida Isuzu rusumli transport vositasiga oʻrnatilgan gazballonidagi gaz toʻldirish uchun moʻljallangan qismiga ulangan maxsus metall moslama chiqib ketgan. Natijada gaz yuqori bosim bilan havoga chiqishi kuzatilgan.
Sodir boʻlgan holat oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
«Shu oʻrinda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolardan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchalarida belgilangan qoidalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar