Rossiyada qurilishda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi
1 daqiqa o'qish1.1K


Rossiyada qurilish maydonida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda 78RU.
Hodisa Sankt-Peterburgning Moskva tumanidagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik migrant qoliplarni demontaj qilish jarayonida 3,5 metrdan balandlikdan yiqilib ketgan va voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga ishchining mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilmagani sabab bo‘lgan. Voqea yuzasidan tergov ishlari boshlandi. Hodisani Rossiya Tergov qo‘mitasi va Davlat mehnat inspektsiyasi nazoratga oldi.
- #Rossiyada Qurilish
- #O‘zbekiston Fuqarosi
- #SanktPeterburg Voqeasi
- #Mehnat Xavfsizligi
- #Migrant Halok
- #Tergov Ishlari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…