Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ketdi

1 daqiqa o'qish1.8K
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ketdi
Prezident farmoni bilan Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov lavozimidan ketdi
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
3 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O‘zbekiston ichki ishlar vaziri lavozimiga Aziz Toshpo‘latov nomzodini ko‘rib chiqib, ma’qullagandi.

Aziz Toshpo‘latov tayinlovga qadar Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallab kelgan. O‘zbekiston ichki ishlar vazirligiga 2017 yil sentyabridan buyon Po‘lat Bobojonov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Aziz Toshpo‘latov haqida

2015—2017 yillarda Namangan viloyati IIB boshlig‘i sifatida ishlagan. 2017 yil noyabridan 2019 yil iyunigacha Samarqand viloyati IIBga rahbarlik qilib kelgan. 2019 yil iyunida u ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 2020 yilning mart oyidan buyon Toshkent shahar IIBB boshlig‘i lavozimini egallab kelayotgandi. U 2021 yilda general mayor unvoniga ega bo‘lgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?