O‘zbekistonda mobil radarlarni ogohlantiruvchi belgisiz o‘rnatishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda mobil radarlarni ogohlantiruvchi belgisiz o‘rnatishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda radarlarni joylashtirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Endilikda haydovchilar orasida “uch oyoqli radarlar” deb ataladigan mobil tezlikni o‘lchash qurilmalarini maxsus ogohlantiruvchi belgilarsiz o‘rnatish mumkin.

Avval amaldagi tartibga ko‘ra, statsionar va mobil radarlar joylashgan hududdan 250–500 metr oldin "Radar" belgisi qo‘yilishi shart edi. Biroq 29-oktyabrdagi hukumat qarori bilan ushbu talabga o‘zgartirish kiritildi.

Yangi tartibga muvofiq, oldindan ogohlantiruvchi belgi o‘rnatish majburiyati faqat statsionar radarlar uchun saqlab qolindi. Mobil radarlar oldidan esa haydovchilarni maxsus yo‘l belgisi orqali ogohlantirish talabi bekor qilindi.

Shu tariqa, mobil tezlik o‘lchash qurilmalari yo‘llarda haydovchilarni oldindan ogohlantirmasdan ham joylashtirilishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar