
O‘zbekistonda 8-mart bayramida sovg‘a qilingan gullarni ayollar qayta sotmoqda, deb xabar berdi Upl.uz. Bayramdan so‘ng OLX va boshqa e’lonlar saytlarida yuzlab buketlar arzon narxlarda sotuvga qo‘yilgan.
Xususan, bayram kunlari gullarning narxi keskin oshgan, O‘zbekiston esa dunyoning eng qimmat gul bozorlari reytingida yuqori o‘rinlardan birini egallagan edi. O‘rtacha buket narxi 20 dollar atrofida bo‘lib, mamlakat Rossiya, Turkiya va Gruziyadan ham oldinda turardi.
Endilikda esa bayramdan keyin ko‘plab qizlar gullarni sotish orqali qo‘shimcha daromad topishga harakat qilmoqda. Sotuvga qo‘yilgan gullar dastlabki narxidan 2-3 baravar arzon bo‘lib, xaridorlar tomonidan tez sotib olinmoqda.

O'zbekiston yangiliklari O‘zbekiston RespublikasiToshkent ShahriMart BayramiGullar SotuvgaArzon NarxlarQo‘shimcha Daromad Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar