06:18 / 11.03.2025
683

2024 yilda o‘zbekistonliklar to‘ylarga salkam 12 mlrd dollar sarflab yuborishgan

2024 yilda o‘zbekistonliklar to‘ylarga salkam 12 mlrd dollar sarflab yuborishgan
O‘zbekistonda to‘ylar XIX asr tafakkuri bilan o‘tkazilmoqda. Bu haqda tarixchi olim Baxtiyor Xolmurodov YouTube'dagi chiqishida fikr bildirdi.

“Qurultoy” podkastida o‘zbeklar to‘yi bilan bog‘liq ijtimoiy muammolar tahlil qilindi. Baxtiyor Xolmurodovning aytishicha, to‘ylarga xarajatni kamaytirib, ta’limga pul sarflash vaqti allaqachon kelgan.

“2014 yilda Fuqarolik jamiyatini monitoring qilish instituti bo‘lardi. O‘shanda ustozim Baxtiyor aka Isoqovdan ma’lumot olgandim. U kishi bir raqamni aytgandilar. Bu hammamizni ogohlikka chorlashi, o‘ylantirishdan tashqari tashvishlantirishi ham kerak. O‘sha yili Tojikistonning yalpi ichki mahsuloti taxminan 10 milliard dollar atrofida bo‘lgan.

O‘zbekiston xalqi xuddi shu yili to‘ylarga 7,5 milliard dollarni sarflab yuborgan. Bu 2014 yildagi ma’lumot. 2024 yildagi ma’lumotni ham ustozimdan oldim. To‘y xarajatlari salkam 12 milliard dollarga qarab ketgan. Ya’ni juda katta raqamlar. Buning tagida inson taqdiri yotipti. To‘ydan iqtisod qilingan pullarni ta’limga sarflash, bunga jiddiy qarash fursati keldi.

Sababi XXI asrda XVI yoki XIX asr tafakkuri bilan yashab bo‘lmaydi. Alixonto‘ra Sog‘uniyning:
"Agar o‘zbeklar har qanday ishga ertalab oshga borgandek birlashganda edi, bulardan buyuk millat bo‘lmasdi",
degan fikrlari bor edi. Buning tagida juda katta ma’no mujassam”, dedi mutaxassis.
Skrinshot: YouTube / “Qurultoy”

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat