1 105
Toshkentda bezorilik va og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Yakkasaroy tumanida sodir etilgan jinoyat bo‘yicha tergov davomida 1995 yilda tug‘ilgan Akmal Shukurov tergovdan qochib, yashiringan. Shu sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") va 104-moddasi ("Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish") bo‘yicha ayb qo‘yilib, "Qamoqqa olish" ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida A.Shukurov Qozog‘iston Respublikasida qo‘lga olindi. Hozirda uni Toshkentga ekstraditsiya qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar