date
views 226

Monopol mahsulotlar faqat birja orqali sotiladi — Vazirlar Mahkamasi yangi tartib joriy qildi

Monopol mahsulotlar faqat birja orqali sotiladi — Vazirlar Mahkamasi yangi tartib joriy qildi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Zamonaviy birja mexanizmlarini joriy etish orqali narxlar o‘zgarishining oldini olishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Yangi qaror 2025 yil 15 iyuldan amalga kiritiladi va qator muhim mahsulotlar bo‘yicha savdo tartibini tubdan o‘zgartiradi.

Faqat birja orqali, faqat bozor tamoyili asosida
Qarorga muvofiq, monopol korxonalar va davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan kompaniyalar, shuningdek ularga tegishli tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan quyidagi mahsulotlar:
  • Xlorid va nitrat kislotalari;
  • Natriy sianid;
  • Gipoxlorit natriy;
  • Suyuq azot, suyuq xlor;
  • Rux belilasi;
  • Ferromolibden, bazalt, fosforit va dolomit uni

yendi faqat ichki bozorda, O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi orqali, bozor qoidalari asosida sotiladi.

Ikki tomonlama qarama-qarshi auksion: yangicha savdo mexanizmi
Qaror bilan birga, ikki tomonlama qarama-qarshi auksion asosida savdo o‘tkazish tartibini belgilaydigan maxsus nizom ham tasdiqlandi.

Bu savdo turida:
  • Sotuvchilar o‘z tovarlarini sotish bo‘yicha taklif kiritadi;
  • Xaridorlar esa o‘sha tovarlar uchun xarid taklifini beradi;
  • Auksion — raqobat asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

Listing komissiyasi va talablar: har qanday mahsulot kiritilmaydi
Birja kotirovkalash varag‘iga mahsulotni qo‘shish va savdoga ruxsat berish Birjaning Listing komissiyasi orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tovar quyidagi talablarga javob berishi shart:
  • Savdoga ulgurji partiyalarda chiqarilishi;
  • Yuqori likvidli va sifat ko‘rsatkichlari barqaror bo‘lishi;
  • Muntazam ravishda savdoga qo‘yilishi va sotilishi;
  • Oldindan ko‘zdan kechirish talab qilinmasligi;
  • Mahsulot muvofiqligi haqidagi rasmiy hujjatlar mavjud bo‘lishi.

Narx shaffofligi va raqobatning yangi bosqichi
Bu qaror davlat ulushiga ega yirik ishlab chiqaruvchilarni bozor mexanizmlariga moslashtirishga qaratilgan. Maqsad — narxlarda keskin o‘zgarishlarni bartaraf etish, savdo shaffofligini ta’minlash va raqobat muhitini kuchaytirish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Monopol mahsulotlar faqat birja orqali sotiladi — Vazirlar Mahkamasi yangi tartib joriy qildi