Toshkentda narkotik kanalni targ‘ib qilgan shaxs ushlandi
1 daqiqa o'qish297

Toshkentda Telegram orqali narkotik va psixotrop moddalar sotiladigan kanalga olib boruvchi QR-kodli varaqalarni tarqatgan erkak ushlandi, deb Nova24.uz sayti xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Uchtepa tumanida sodir bo‘lgan. 38 yoshli fuqaro ushbu varaqalarni to‘rt kun davomida tarqatgan va har bir varaqa uchun 2000 so‘mdan haq olgan.
Aniqlanishicha, QR-kod Telegram'dagi narkotik moddalarni sotishga ixtisoslashgan kanalga olib borgan.
Sud tomonidan fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortilib, unga 100 BHM, ya’ni 37,5 million so‘m (375 000 so‘m × 100) miqdorida jarima belgilandi.

- #Toshkentda Narkotik
- #Uchtepa Tumani
- #Telegram Kanal
- #Narkotik Sotish
- #Psixotrop Moddalar
- #Ma’muriy Javobgarlik
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…