
Qashqadaryo viloyatida YPX katta inspektoriga tegishli xizmat avtomobili yonib ketdi, deb xabar berdi Nova24.uz.
Maʼlumotlarga ko‘ra, hodisa 17-aprel kuni soat 13:00da G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan. YPX katta inspektori xizmat vazifasini bajarayotgan paytda uning “Lacetti” rusumli xizmat avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari hodisa joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni tezkorlik bilan bartaraf etgan. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga avtomobil ichidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar