Shvartsenegger o‘rta yosh inqiroziga qarshi eshak va cho‘chqa boqmoqda

1 daqiqa o'qish1.6K
Shvartsenegger o‘rta yosh inqiroziga qarshi eshak va cho‘chqa boqmoqda
Arnold Shvartsenegger shaxsiy bog‘ida eshak va cho‘chqa boqmoqda, deb Kursiv Uzbekistan xabar berdi. Uning o‘g‘li Patrikning so‘zlariga ko‘ra, 77 yoshli aktyorda hozirda eshak, cho‘chqa, poni, bir nechta it va boshqa hayvonlar bor.

Patrik Shvartsenegger otasining har doim hayvonlarni yaxshi ko‘rganini, so‘nggi yillarda esa ularning soni ortib borayotganini aytdi. Uning fikricha, aktyor bunday yo‘l bilan o‘rta yosh inqiroziga qarshi kurashmoqda. Hayvonlar bilan muloqot uni xotirjam va baxtliroq qiladi.

Patrik otasini yozuvchi Hyu Loftingning mashhur qahramoni — Doktor Dulitlga o‘xshatdi. Bu qahramon hayvonlarni davolaydi va ular bilan gaplasha oladi.

Shvartseneggerning hayvonlar bilan tushgan suratlari tez-tez turmush tarziga oid nashrlarda paydo bo‘lib turadi. Ko‘pchilik uning hayvon tanlovidan hayratda — aktyor va sobiq Kaliforniya gubernatori eshak, cho‘chqa va boshqa noodatiy jonivorlarni boqadi.

61 yoshli teleboshlovchi Rob Lou Shvartseneggerning o‘g‘li bilan suhbat chog‘ida endi o‘zi ham hayvon olishni o‘ylayotganini bildirdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?