Qashqadaryoda eshak go‘shti savdosi: sud aybdorlarga jazo tayinladi

Jamiyat1 daqiqa o'qish685
Qashqadaryoda eshak go‘shti savdosi: sud aybdorlarga jazo tayinladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Qashqadaryo viloyatida eshak go‘shtini noqonuniy saqlash va sotish bilan shug‘ullangan I.X. va Y.A. sud tomonidan jazolandi.
  • Qarshi tuman sudi 13 may kuni I.X.ni 3 yil 25 kunga, Y.A.ni esa 1 yil 6 oyga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qildi.
  • I.X. o‘z uyida yashirin kushxona tashkil etib, 247,2 kilogramm eshak go‘shtini sotishga harakat qilgan, Y.A. esa “Karvon” bozorida ruxsatnomasiz savdo qilgan.
  • Ikkala shaxsga tungi vaqtda uydan chiqmaslik va viloyatni tark etmaslik cheklovlari yuklatildi.

Qashqadaryo viloyatida eshak go‘shtini noqonuniy saqlash va sotish bilan shug‘ullangan shaxslarga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi 13 may kuni ikki nafar ayblanuvchini iste’molchilar hayoti va salomatligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni muomalaga chiqarishda aybdor deb topdi.

Sud materiallariga ko‘ra, muqaddam bir necha bor sudlangan Qarshi tumani fuqarosi I.X. o‘z uyida sanitariya talablariga zid ravishda yashirin kushxona tashkil etgan. U turli bozorlardan eshaklar sotib olib, ularni so‘yish va go‘shtini saqlash bilan shug‘ullangan.

2025 yil 28 dekabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda uning xonadonidan 247,2 kilogramm eshak go‘shti, 99 dona eshak terisi va suyaklari ashyoviy dalil sifatida olingan. Ekspertiza ushbu mahsulotlar iste’mol uchun mutlaqo yaroqsiz va inson salomatligi uchun xavfli ekanini tasdiqlagan.

Sudlanuvchi ko‘rsatmasida go‘shtni Toshkent shahridagi “Chorsu” bozoriga olib borib, it boquvchi shaxslarga sotganini aytgan. Shuningdek, bu ishga turmush o‘rtog‘ining og‘ir xastaligi — bosh miya saratoni sabab bo‘lganini bildirgan.

Ikkinchi sudlanuvchi Y.A. esa Qarshi tumanidagi “Karvon” mol bozorida ruxsatnomasiz go‘sht mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullangan. Tezkor tadbir davomida sotuvchilardan, jumladan undan ham, jami 127,2 kilogramm eshak go‘shti olib qo‘yilib, yo‘q qilingan.

Dastlabki tergovda ayblanuvchilarga “bir guruh bo‘lib jinoiy til biriktirgan” degan ayblov qo‘yilgan bo‘lsa-da, sudda ularning o‘zaro jinoiy aloqasi isbotlanmadi. Shu sababli har birining qilmishiga alohida huquqiy baho berildi.

Sud qaroriga ko‘ra, I.X. 3 yil 25 kunga, Y.A. esa 1 yil 6 oyga ozodlikni cheklash jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, ularga tungi vaqtda uydan chiqmaslik va Qashqadaryo viloyati hududini tark etmaslik kabi qo‘shimcha cheklovlar yuklatildi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?