Slovakiya bosh vaziri Fico O‘zbekistonga tashrif buyuradi

1 daqiqa o'qish328
Slovakiya bosh vaziri Fico O‘zbekistonga tashrif buyuradi
2025-yil 8–10-iyun kunlari Slovakiya Respublikasi bosh vaziri Robert Fico Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Tashrif doirasida Toshkentda ikki davlat rahbarlari o‘rtasida yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi ko‘p yo‘nalishli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Muzokaralarda savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika, turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Robert Fico tashrif davomida IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?