O'zbekiston qoidabuzarlarga qarshi urush e'lon qildi

1 daqiqa o'qish4.5K
O'zbekiston qoidabuzarlarga qarshi urush e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yo'l harakati qoidalarini muntazam ravishda buzayotganlarga qarshi yangi va qat'iyroq nazorat tizimi joriy etilishini e'lon qildi. Davlat rahbari yo'llardagi vaziyat jiddiy xavotir uyg'otayotganini ta'kidlab, tartib o'rnatish vaqti kelganini bildirdi, deb UPL.uz xabar berdi.

2024 yilda O'zbekistonda haydovchilar tomonidan 24 millionta qoidabuzarlik sodir etilgan bo‘lib, ularning 81 foizi qo‘pol buzilishlar sifatida baholangan. Eng og'ir vaziyat Samarqand, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va poytaxtda kuzatilmoqda.

Alohida xavotir uyg'otgan jihat — ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan mashhur shaxslar akkauntlari orqali tarqalayotgan “jarima to‘lab, qoida buzish mumkin” degan mas'uliyatsiz qarashdir. Prezident bunday munosabat mutlaqo nomaqbul ekanini qat’iy ta’kidlab, yangi tizim orqali bunga barham berish, haydovchilik madaniyatini oshirish va qoidabuzarlarga qonun kuchini ko‘rsatish zarurligini aytdi.

Yo'l harakati intizomini kuchaytirishga qaratilgan “Sistemali qoidabuzarlar” tizimi doirasida quyidagi o'zgarishlar kiritiladi:

. 1 oy ichida 2 marta qizil chiroqda o‘tish yoki qarama-qarshi yo‘lga chiqish — 1 yilgacha jarima chegirmalari bekor qilinadi.
. 1 oyda 10 yoki undan ortiq qoidabuzarlik — 6 oyga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etiladi.
. Tezlikni oshirish uchun jarimalar qayta ko‘rib chiqiladi, 2–3 barobar tezroq harakat qilganlarga haydovchilik huquqidan mahrum qilish jazosi joriy qilinishi mumkin.

Bu choralar haydovchilarda yo‘l harakati qoidalari va boshqa ishtirokchilarga nisbatan hurmat va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?