Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasining “xodim” mushuklarini ko‘rsatdi (video)

1 daqiqa o'qish808
Saida Mirziyoyeva Prezident administratsiyasining “xodim” mushuklarini ko‘rsatdi (video)

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatga qarshi kurashish muhimligini ta’kidladi. U 28 iyundan boshlab hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabat uchun javobgarlik kuchaytirilganini eslatdi.

Yangi tartibga ko‘ra, bunday holatlar uchun ma’muriy jarimalar miqdori oshirilgan. Ayrim holatlarda esa qoidabuzarlarga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi ham qo‘llanishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva zo‘ravonlikning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabat jamiyat xavfsizligi va insoniy qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ekanini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, har bir tirik mavjudotning qadri bor.

Shuningdek, u bolalarni kichik yoshidan hayvonlar va atrofdagilarga mehr-shafqat bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash zarurligini aytdi. Bu borada ota-onalarning mas’uliyati katta ekanini ham alohida ta’kidladi.

Videoda esa Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasining “xodimlari” deya hazil bilan atagan Yalpiz va Darxon ismli mushuklarni ham ko‘rsatdi. Mazkur lavha hayvonlarga mehr bilan munosabatda bo‘lish haqidagi fikrlarga o‘ziga xos iliq kayfiyat qo‘shgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?