Toshkent metrosining 20 dan ortiq bekatida noqonuniy reklama aniqlandi

1 daqiqa o'qish63
Toshkent metrosining 20 dan ortiq bekatida noqonuniy reklama aniqlandi

«Toshkent metropoliteni» davlat unitar korxonasi metro bekatlarida reklama bannerlari mazmuni ruxsatsiz o‘zgartirilganini aniqladi. 21 iyun kuni tunda o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida 20 dan ortiq bekat vestibyulida kelishilmagan reklama materiallari topilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holatlarga aloqador shaxslar aniqlangan. Reklama beruvchilar bannerlar mazmuniga rasmiy ruxsat olmasdan o‘zgartirish kiritgan.

Qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari qo‘llangan. Metropoliten rahbariyati transport obyekti hududida o‘tkaziladigan har qanday piar aksiyasi, reklama materialini almashtirish yoki uning mazmuniga tuzatish kiritish oldindan kelishilishi shartligini eslatdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?