date

Olmazordagi sintepon tsexida yong‘in 15 daqiqada o‘chirildi

Olmazordagi sintepon tsexida yong‘in 15 daqiqada o‘chirildi

2025-yil 30-iyul, seshanba kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan sintepon ishlab chiqarish korxonalaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yong‘in to‘g‘risidagi xabar soat 09:58 da kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari atigi 4 daqiqada – soat 10:02 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 10:10 da qurshab olinib, 10:13 da to‘liq o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar yo‘q. O‘z vaqtida ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in keng hududga tarqalishidan oldin to‘xtatildi. Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Mutasaddilar sanoat obyektlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish zarurligini yana bir bor ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmazordagi sintepon tsexida yong‘in 15 daqiqada o‘chirildi